Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Antarktikada yo‘qolib ketgan superqit'a izlarini topishdi
Geofiziklar xalqaro guruhi Antarktika muzlari ostida qadimgi qit'alar izlarini topishdi, deb xabar berdi Live Science portali.
Olimlar Yevropa koinot agentligining sayyoramizning gravitatsiya maydoni haqida 2003 yildan 2013 yilgacha ma'lumot to‘plagan GOCE sun'iy yo‘ldoshidan olingan ma'lumotlarni qolgan zondlardan olingan ma'lumotlar bilan solishtirib, litosferaning uch o‘lchovli xaritasini yaratishgan. Ular shu tariqa uzoq vaqtdan beri Antarktida deb hisoblangan “ilg‘anmas hudud”ni ko‘ra olishgan.
“Ko‘rayotganlarimiz bizni Gondvana superqit'asi parchalanishi zamonlariga qaytarmoqda va Antarktikani uni o‘rab turuvchi qit'alar bilan bog‘langanini ko‘rsatadi”, deb aytgan tadqiqotning asosiy muallifi, Kil universiteti geofizigi Yorg Ebbing.
Olimlar tadqiqot davomida Sharqiy Antarktidaning ba'zi qismlari Afrika, Hindiston, Avstraliya hamda Janubiy Amerikani o‘z ichiga olgan qadimgi superqit'a Gondvana bilan bog‘langanligini o‘rnatishgan. Olimlarning ta'kidlashicha, Gondvana kembriygacha davrning oxirida (750-540 mln yil avval) hosil bo‘lgan va taxminan 180 mln yil avval parchalanib ketgan.
Olimlarning ta'kidlashicha, G‘arbiy Antarktikaning yer qobig‘i Sharqiynikidan ancha ensizroq.