Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol rahbari lavozimiga asosiy da'vogar nomi ma'lum qilindi
Rossiyalik Aleksandr Prokopchuk Interpol prezidenti lavozimiga asosiy da'vogar sanaladi. Bu haqda Britaniyaning The Times gazetasi hukumatdagi manbaga asosan yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, Prokopchuk 2016 yildan beri Interpol vitse-prezidenti va 2011 yildan buyon Rossiya IIV Interpol Milliy markaziy byurosi rahbari hisoblanadi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, 21 noyabr kuni o‘tkaziladigan tashkilot prezidenti uchun saylovlarda uning rahbar sifatida saylanishi deyarli kafolatlangan.
Manbaning aytishicha, Britaniya hukumati Prokopchuk g‘alabasiga ishonmoqda va unga to‘siq yaratish niyatida emas.
Gazeta rossiyalikning yagona raqobatchisi sifatida Janubiy Koreya fuqarosi, hozirda Interpol rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlayotgan Kim Chen Yangni tilga olgan. Shu bilan birga, JAR ham tashkilot rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatishi istisno etilmayapti.
Nashrning qayd etishicha, Prokopchukning saylanishi Kreml uchun katta g‘alaba bo‘ladi.
Interpol prezidenti lavozimini egallagan Men Xunvey sentabr oyi oxirilarida g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik aniqlanishicha, u Xitoyda qo‘lga olingan, mamlakat hukumati uni korrupsiyada gumonlamoqda. Xunvey tashkilot rahbari lavozimidan iste'foga chiqarildi.
Mavzuga oid
08:50 / 07.07.2026
59 mamlakatda odam savdosi tarmoqlariga zarba berildi
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
20:23 / 17.04.2026
Humans asoschisi qidiruvga berildi
13:32 / 17.04.2026