Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Kavani Neymarga qo‘pollik qildi, Neymar uning uzrini qabul qilmadi
Braziliya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida «PSJ»ning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani va braziliyalik hujumchisi Neymar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Braziliyaliklar uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi, o‘yin oxirida vaziyatlardan birida Kavani Neymarga qo‘pollik ishlatib, uni gazonga yiqitdi va sariq kartochka bilan jazolandi. Shundan keyin u Neymarning qo‘lidan tortib turg‘azib qo‘ymoqchi bo‘lganida, braziliyalik futbolchi ochiqchasiga norozilik bildirdi.
Srazu vidno, chto match tovarishcheskiy. Neymar – kak obychno. Kavani – chut blijye k «Napoli».
— Match TV (@MatchTV) 18 noyabrya 2018 g.
📹 Streamable pic.twitter.com/Ov5usDOgcY
O‘yindan keyin Kavani ushbu hodisaga munosabat bildirib o‘tgan.
«Hamisha kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘tkazish foydali bo‘ladi. Braziliyaga qarshi o‘ynash ajoyib. Ayniqsa Neymarga qarshi. Biz hech qaysi o‘yinda yutqazishni istamaymiz. O‘rtoqlik o‘yinlarida ham. Ayrim futbolchilar natijadan qattiq xafa bo‘lishdi. Maydonda jang ketdi, ammo final hushtagi chalinganidan keyin barcha tinchlanib oldi», — deya Kavanining so‘zlarini keltirgan L’Equipe.
Qayd etish kerakki, Neymar Parijga kelganidan keyin jamoaning asosiy hujumchisi maqomini Edinson Kavanidan tortib olgandi. O‘tgan mavsumda ikki hujumchi penaltini kim tepishi masalasida jiddiy tortishib qolishgandi. Hozirgacha futbolchilarning munosabatida sovuqlik saqlanib qolmoqda.
Xuddi shu vaqtda «Napoli» Kavaniga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub prezidenti Aurelio de Laurentis urugvaylik hujumchini Italiyaga qaytarishga jiddiy kirishgan.
Ayni vaqtda 31 yoshda bo‘lgan Kavani «Napoli» safida 2010 yildan 2013 yilga qadar to‘p surgan, u jamoa bilan Italiya Kubogi sohibi bo‘lgan.
OAV xabariga ko‘ra, Kavani ham Neapolga qaytishni istamoqda. U buning uchun maoshi kamayishiga ham rozi.
Fransiya chempionatining joriy mavsumida Kavani 12 uchrashuvda 9 gol urishga erishdi.
Mavzuga oid
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
22:32 / 31.01.2025