Sport | 22:47 / 22.11.2018
17772
1 daqiqa o‘qiladi

Usmon Dembelening zararli odatlari oshkor bo‘ldi

«Barselona» hujumchisi Usmon Dembelening intizomni xush ko‘rmasligi ayon bo‘ldi.

Goal xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchining uyidan juda ko‘p miqdorda fastfud (xot-dog, gamburger) qutilari topilgan. O‘z navbatida, futbolchi «Barselona» bosh-oshpazi tomonidan tayyorlangan foydali baliq ovqatini yemagan. 

Bundan tashqari, Dembele juda ko‘p vaqtini video-o‘yinlarga sarflashi ma'lum bo‘lgan. Ba'zan, shu sababli mashg‘ulotlarga kech qolgan.

«Barselona» futbolchining hulq-atvorini uning agenti bilan muhokama qilib olgan. Klub Dembeleni sotib yuborishi ham mumkin.

Mavzuga oid