Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona" ilk bor "Real"ni yengib, Ispaniya chempioni bo‘ldi
Foto: Getty Images
Ispaniya chempionati 35-tur markaziy o‘yinida "Barselona" o‘z maydonida "Real Madrid"ni qabul qildi. Chempionlik o‘yinida maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 9-daqiqasida Reshford jarima zarbasidan hisobni ochdi. 18-daqiqada Torres Olmoning uzatmasidan foydalanib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa, kataloniyaliklar muddatdan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. "Barselona" o‘z tarixida ilk bor "Real"ga qarshi o‘yinda La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi va jamoa uchun musobaqadagi 29-g‘oliblik bo‘ldi.
La Liga. 35-tur.
"Barselona" - "Real" 2:0
Gollar: Reshford 9, Torres 18
Barselona: J. Garsiya - Kanselu, E. Garsiya, Kubarsi, Martin - Gavi (Bernal 77), Pedri - Reshford (Rafinya 64), Olmo (de Yong 64), Fermin (Balde 88) - Torres (Levandovski 77)
Real Madrid: Kurtua - Trent, Asensio, Ryudiger, Fran - Kamavinga (Pitarch 70), Chuameni, Bellingem - Braim (Mastantuono 79), Vinisius, Gonsalo (Palasios 79)
Ogohlantirishlar: Olmo 52, Rafinya 81 - Kamavinga 40, Asensio 52, Bellingem 55, Trent 81
Mavzuga oid
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
20:47 / 08.05.2026
«Real» ikki futbolchisini mushtlashgani uchun 500 ming yevro jarimaga tortdi
11:26 / 03.05.2026
«Arsenal»da yirik g‘alaba, «Barsa» bugun chempion bo‘lishi mumkin
12:33 / 26.04.2026