O‘zbekiston | 00:32 / 23.11.2018
17580
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent xalqaro arbitraj markaziga rahbar tayinlandi

“Buyuk Kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassisi, xalqaro arbitr Diana Boyzoqova Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etilgan Toshkent xalqaro arbitraj markaziga (TIAC) direktor etib tayinlandi.

TIAC’ning asosiy vazifasi turli davlat yurisdiksiyasida bo‘lgan sub'yektlar, xorijiy investorlar o‘rtasida yuzaga keladigan huquqiy nizolarni, xususan, investitsiyalar, intellektual mulk va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishni tashkillashtirishdan iborat.

Markaz nizolarning yarashtiruv (mediatsiya) jarayonlari va nizolarni hal qilishning boshqa muqobil usullari bilan hal qilinishiga ko‘mak beradi.

TIAC huzurida arbitraj sohasidagi yetakchi xalqaro mutaxassislar va dunyoning tan olingan arbitraj markazlarining arbitrlaridan iborat kuzatuvchi kengash tashkil etiladi. Bu kengash markaz faoliyatiga xalqaro standartlarni tatbiq qilish va uning mustaqilligini ta'minlashda ko‘mak ko‘rsatadi.

Mavzuga oid