11:08 / 29.11.2018
7165

Chet el fuqarolariga ko‘p martalik kirish-chiqish vizalarini endi 3 yilgacha rasmiylashtirish mumkin 

Foto: Dreamstime

Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik kirish-chiqish vizalarini endilikda 3 yilgacha muddatda rasmiylashtirish mumkin. 

Bunda viza uchun 300 AQSh dollari miqdorida to‘lov undiriladi. Ilgari ushbu vizalarni uzog‘i bilan bir yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan. 

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘zi borib o‘tkazganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining o‘n baravari etib belgilandi (ilgari bu uchun eng kam oylik ish haqining o‘ttiz ikki baravari miqdorida pul undirilgan).

Mavzuga oid
Top