Sport | 08:29 / 03.12.2018
4558
4 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. Markaziy bahsda kuchlar teng keldi

Foto: AFP

Italiya A Seriyasida 14-tur davom etmoqda.

Turning markaziy bahsi Rimda, «Roma» va «Inter» jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda mehmonlar ikki marta hisobda oldinda borishgani holda mezbonlar shuncha marotaba muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. «Inter»ning gollariga Keyta Balde va Mauro Ikardi mualliflik qilgan bo‘lsa, «Roma» safida Chingiz Under va Aleksandr Kolarov zafar quchdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Roma» avvalgidek 7-o‘rinda qoldi. Peshqadam «Yuventus»ning ikki ta'qibchisi - «Inter» va «Napoli» klublari hozircha teng ochkoga ega bo‘lib turishibdi. Ammo neapolliklar bugun «Atalanta» bilan bahsda g‘alaba qozonib, «Inter»ning durang o‘ynaganidan unumli foydalanib qolishi mumkin.

Bundan avvalgi ikki turda bor-yo‘g‘i 1 ochko ishlagan bo‘lishiga qaramay, «Milan» kecha o‘z maydonida «Parma»ni mag‘lub etgani hisobiga to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi; so‘nggi o‘rindagi «Kevo»ni mag‘lub eta olmagan «Latsio» (1:1) bir pog‘ona pastlab, 5-o‘ringa joylashdi.

Italiya chempionati
14-tur, 2 dekabr
Roma – Inter 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar
: 0:1 – 37 Keyta Balde, 1:1 – 51 Under, 1:2 – 66 Ikardi, 2:2 – 74, penalti Kolarov.
Roma – Olsen, Santon (Klyuyvert, 69), Manolas, Jyezus, Kolarov, Kristante, Nzonzi, Under (Pastore, 83), Dzanolo (Perotti, 77), Florentsi, Shik.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Valero (Vesino, 80), Brozovich, Joau Mariu, Keyta Balde (Politano, 62), Ikardi, Perishich (Martines, 80).
Ogohlantirishlar: Asamoa (48), Kolarov (79).

Milan – Parma 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 49 Ingleze, 1:1 – 55 Kutrone, 2:1 – 71, penalti Kessie.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Abate, Sapata, Rodriges, Kessie, Bakayoko, Mauri (Borini, 53), Suso (Kastilexo, 89), Kutrone, Chalhano‘g‘li.

Torino – Jyenoa 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 36 Kuame, 1:1 – 45 Ansaldi, 2:1 – 45, penalti Belotti.
Chetlatish: Romulo (28, Jyenoa).

Sassuolo – Udineze 0:0 (0:0, 0:0)

Frozinone – Kalyari 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 14 Kassata, 1:1 – 77 Farias.
Chetlatish: Barella (85, Kalyari).
 
Kevo – Latsio 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 25 Pellisse, 1:1 – 66 Immobile.

3 dekabr (bugun tunda)
00:30. Atalanta – Napoli

1 dekabr
SPAL – Empoli 2:2 (1:2, 1:0)

Gollar: 1:0 – 5 Kurtich, 1:1 – 24 Kaputo, 1:2 – 43 Krunich, 2:2 – 67 Kurtich.
Chetlatish: Chonek (49, SPAL).

Fiorentina – Yuventus 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 31 Bentankur, 0:2 – 69 Kellini, 0:3 – 79, penalti Ronaldu.
Yuventus – Shchensny, De Shilo, Bonuchchi, Kellini, Joau Kanselu, Bentankur, Matyuidi, Kuadrado (Duglas Kosta, 84), Dibala, Ronaldu (Bernardeski, 80), Mandjukich (Kin, 88).

Sampdoriya – Bolonya 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Prat, 1:1 – 17 Poli, 2:1 – 25 Kualyarella, 3:1 – 40 Ramires, 4:1 – 68 Kualyarella.
Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Tonelli, Andersen, Murru, Prat, Ronaldu Viyeyra (Ekdal, 62), Linetti (Yankto, 84), Ramires, Kualyarella, Kaprari (Defrel, 65).Bolonya – Skorupski, Kalabrezi (Orsolini, 62), Larangeyra, Xelander, Mattello, Poli (Nad, 84), Pulgar, Svanberg, Kreychi, Falchinelli (Palasio, 56), Santander.

Mavzuga oid