Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodovdan debyutda gol, 7 gol urilgan o‘yinda «Roma» 4ta «qizil» oldi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
A Seriya yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rimning «Roma» klubi Ispaniyada «Betis» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Safardagi o‘yin o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa-da, murosasizligi va voqealarga boyligi bilan rasmiy bahslardan qolishmadi. Shu kuni Eldor Shomurodov Rim klubidagi debyut o‘yinini o‘tkazdi va jamoasi safidagi eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bahsda mezbonlar vakili Rodri hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqada Eldor Shomurodov ikki himoyachini ortda qoldirib, yakkama-yakka vaziyatda debyut o‘yinidagi ilk golini kiritdi – 1:1.
Ammo uch daqiqa o‘tmay, Fekir chiroyli goli bilan yana mezbonlarni hisobda oldinga chiqardi – 2:1.
51-daqiqaga kelib burchakdan oshirilgan to‘pni Shomurodov boshi bilan darvoza tomon yo‘naltirdi, ammo to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi – bo‘sh darvoza qarshisidagi Manchini esa Eldorning harakatini yo‘qqa chiqarmadi – 2:2.
O‘yinning kulminatsion voqeasi 58-daqiqada ro‘y berdi. Raqib futbolchisi hujum paytida to‘p qo‘liga tekkaniga qaramay, gol kiritdi va bosh hakam golni inobatga oldi – 3:2. Natijada hakamga e'tiroz bildirgani uchun Lorenso Pellegrini, keyin esa maydonga tushib kelgan Joze Mourino qizil kartochka bilan o‘yindan chetlatildi.

65-daqiqada Manchini ham qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgach, rimliklar 9 kishi bo‘lib qolishdi va Mourino Shomurodovni maydondan olishga qaror qildi.

78-daqiqada yana bir himoyachi Karsdorp ham ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni erta tark etgach, 8 kishi bo‘lib qolgan Rim jamoasi yana ikkita gol o‘tkazib yuborib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi – 2:5.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 7 avgust (shanba)
«Betis» (Ispaniya) - «Roma» (Italiya) - 5:2 (2:1)
Gollar: Rodri 4, Fekir 30, Moreno 58, Telo 80, Rober 83 – Eldor Shomurodov 27, Janluka Manchini 51.
«Betis»: Rui Silva, Moreno, Ruis, Sabali (Montoyya, 17), Edgar Gonsales, Rodri (Vilyam Karvalyu, 72), Kanales (Guardado, 52), Ruibal (Xoakin, 73), Akuoku (Gonsales, 72), Fekir, Iglesias (Kristian Telo, 73).
«Roma»: Ruy Patrisiu (Fuzato, 70), Manchini, Smolling (Rojyer, 46), Kalafyori, Karsdorp, Pellegrini, Diavara (Veretu, 46), Mxitaryan (Ash-Shaaravi, 46), Kristante (Bove, 46), Dzaniolo (Karles Peres, 63), Eldor Shomurodov (Kumbula, 67).
Chetlatishlar: Joze Mourino (58), Lorenso Pellegrini (59), Manchini (65), Karsdorp (78, barchasi «Roma»).
Mavzuga oid
13:44 / 17.06.2026
Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi ehtiyotkorlik bilan o‘ynaymiz – Kannavaro
01:18 / 18.05.2026
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
00:56 / 25.04.2026
Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Boshoqshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi
18:27 / 22.04.2026