Italiya sport vaziri Vinçenso Spadafora A Seriya öyinlari 20 iyundan davom ettirilişini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Football Italia.
«Italiya sekin-asta odatiy hayot tarziga qaytmoqda. Futbol ham avvalgi holatiga qaytişi kerak. A Seriya va klublardan öyinlar barça talab va ehtiyot çoralariga amal qilingan holda ötişi haqida kafolat oldik.
Italiya çempionati 20 iyundan davom ettiriladi. Ungaça 13 iyundan mamlakat kubogi uçraşuvlari ötkaziladi. Bu Italiya avvalgi hayot tarziga qaytayotganligi haqida öziga xos signal böladi. Federatsiyadagilar ularda V va S rejalari ham borligiga işontirişdi», - deya Italiya sport vazirining sözlarini keltirmoqda Football Italia.
Eslatib ötamiz, A Seriya mart oyida 26-turdan keyin pandemiya tufayli töxtatib qöyilgandi.












