8 dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-7, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:30 / 05.10.2024
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
16:10 / 05.10.2024
6 oktyabr kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin
15:50 / 03.10.2024
4 oktyabr kuni kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
14:50 / 02.10.2024