Sport | 22:50 / 18.12.2018
9197
1 daqiqa o‘qiladi
Yoshini 12 yilga kamaytirgan hindistonlik futbolchi jazolandi
Hindistonning «Jamshidpur» klubi hujumchisi Gurav Muxi mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan 6 oyga diskvalifikatsiya qilindi.
Futbolchi oktabr oyidagi o‘yinlardan birida darvozani ishg‘ol qilib, Hindiston Superligasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylangan edi. Biroq, The Telegraph jurnalisti Jayesh Taxu xabariga ko‘ra, Muxi 16 yosh emas, balki 28 yosh ekani ma'lum bo‘ldi. Natijada, u 6 oyga futboldan, bundan tashqari, Hindiston yoshlar terma jamoasidan chetlatildi.
«Jamshidpur» klubi 2017 yilda tashkil qilingan. Uning safida Avstraliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari Tim Kehill ham to‘p tepgan.