16:13 / 19.12.2018
12942
Reklama

“USSD Uzbekistan” mobil ilovasini yuklab oling va qulayliklarga ega bo‘ling

Foto: USSD Uzbekistan

Ba'zida telefon orqali bajariladigan turli amallar: balansni tekshirish, internet paketlarining narxini ko‘rish yoki qancha trafik qolganini aniqlash uchun ketadigan vaqtni ham qizg‘onamiz. Chunki bularning hammasi uchun ham ma'lum amallarni bajarish talab qilinadi. “@mobilussd” telegram kanalida joylashtirilgan “USSD Uzbekistan”, “UMS” mobil ilovalari siz turli amallarni osongina bajarishingiz mumkin.

“USSD Uzbekistan” ilovasida “UMS”, “Ucell”, “Uzmobile”, “Beeline” kompaniyalarining mijozlari turli xizmatlardan foydalanishi mumkin. Masalan, dastlab, siz bosh sahifadan o‘zingiz foydalanadigan kompaniyani tanlaysiz va balansingiz, internet trafigi, smslar, bonuslar qoldig‘ini aniqlash kabi turli ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz, internet paketlari sotib olishingiz yoki tarifingizni o‘zgartirishingiz, bundan tashqari kompaniyaning boshqa xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. “UMS” mobil ilovasida ham xuddi shu kabi imkoniyatlardan foydalanish sizga turli qulayliklar yaratadi. 

Eng muhimi, hammasi osongina bittagina tugmachani bosish orqali vaqtingizni maksimal darajada tejagan holda amalga oshiriladi. Qiziqqan bo‘lsangiz, hoziroq “@mobilussd” telegram kanali orqali mobil ilovalarni yuklab oling. 

Reklama huquqi asosida

Top