Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saloh APL to‘purari bo‘lib oldi
Foto: AFP
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh kecha «Vulverhempton» bilan o‘yinda (2:0) hisobni ochdi va APLning ushbu mavsumidagi gollari sonini 11taga yetkazib, to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
26 yoshli misrlik to‘purarlar poygasida «Arsenal» hujumchisi Per-Emerik Obameyangni (10) ortda qoldirdi.
Saloh, shuningdek, kechagi 2-golda ham bevosita ishtirok etib, Virjil van Diykning goliga assistentlik qildi. Bu uning mavsumdagi beshinchi samarali uzatmasi bo‘ldi. APLning 18 o‘yinida gol+pas tizimi 16 ochko to‘plagan Saloh bu borada faqat «Chelsi» vakili Eden Azardan (16 o‘yinda 8+9) bir ochkoga ortda qolmoqda.
Statistikaga ko‘ra, «Liverpul»ning ushbu yulduzi Premer-ligada «qizillar» a'zosi sifatida o‘zi to‘qnash kelgan 22ta klubdan 20tasining darvozasini ishg‘ol eta olgan. U faqat «Manchester Yunayted» va «Suonsi Siti» klublarini dog‘da qoldira olmay kelmoqda.
Mavzuga oid
23:35 / 11.12.2025
Saloh «yorildi»: muammo nimada?
23:06 / 09.12.2025
Holand dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida Yamalga yetib oldi
20:53 / 09.12.2025
Salohning demarshi. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
19:26 / 07.12.2025