Jahon | 01:21 / 22.12.2018
7503
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp IShIDga AQShning barcha prezidentlaridan ko‘ra kattaroq talofat yetkazganini aytdi

Foto: AP Photo / Carolyn Kaster

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, undan avvalgi prezidentlardan birortasi IShIDga uchalik katta talofat yetkaza olmagan va bunday muvaffaqiyatga yaqinlasha ham olmaydi.   

“Men IShIDga avvalgi prezidentlardan ko‘ra ko‘proq talofat yetkazdim. Men erishganlarimga yaqinrog‘ini ham qilmaganlar”, deb yozgan Tramp tvitterda. 

AQSh va uning ittifoqdoshlari 2014 yildan beri Suriya va Iroqda IShIDga qarshi operatsiya olib boradi. Tramp prezident lavozimini 2017 yilda egallagan. Bungacha AQSh prezidenti Barak Obama bo‘lgan.

Tramp 19 dekabrda Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqib ketilishini e'lon qilgan. Shundan keyin harbiylarni olib chiqish boshlangan.

Mavzuga oid