AQSh Rossiya va KXDRning beshta yuridik va jismoniy shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh sanksiyalari KXDRga xalqaro moliya tizimiga kirishda yordam berayotgan Rossiya, Janubiy Osetiya va Shimoliy Koreya yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan joriy etildi.
Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar ro‘yxatiga, Amerika rasmiylariga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi noqonuniy to‘lovlar mexanizmlarida ishtirok etgan besh yuridik va bir jismoniy shaxsni kiritdi. Bu haqda 19 sentabr, payshanba kuni AQSh Davlat departamenti va moliya vazirligi press-relizlarida ma’lum qilindi.
Xususan, gap KXDRning ikkita davlat tashkiloti – Foreign Trade Bank (FTB) and Korea Kwangson Banking Corporation (KKBC) haqida bormoqda. FTB KXDRning asosiy valuta banki bo‘lib, KXDR o‘zining ommaviy qirg‘in qurollari va ballistik raketa dasturlarini moliyalashda foydalanadigan noqonuniy moliyaviy tarmoqlar uchun juda muhim, deya qayd etadi AQSh moliya vazirligi.
2009 yilda KKBC'ga qarshi sanksiyalar ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatuvchilar sifatida aniqlangan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy xizmatlar ko‘rsatgani sabab joriy etilgan edi, deyiladi press-relizda. «FTB va KKBC Rossiya Federatsiyasi ko‘magida Shimoliy Koreyaning noqonuniy moliyaviy tarmoqlarga kirishini kengaytirishda davom etmoqda», — deydi Amerika moliya departamenti.
Rossiya va Janubiy Osetiyaning ikkita banki AQSh sanksiyalari ostida qoldi
AQSh hukumati tomonidan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan boshqa tashkilotlar — qarorgohi Janubiy Osetiyada joylashgan Xalqaro hisob-kitob banki, Timer Bank «Rostex» shu’ba korxonasi va «Stroytrend» MChJ. «TsMRBank» MChJ vitse-prezidenti Dmitriy Nikulin ham cheklovlarga duch keldi.
AQSh rasmiylari ushbu tashkilotlar va shaxslar «BMT Xavfsizlik kengashining 1718-rezolyutsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli moliyaviy sanksiyalar va taqiqlarni buzgan holda KXDRga xalqaro bank tizimiga kirish imkonini beruvchi noqonuniy moliyaviy sxemalardan foydalanishda ishtirok etgan» deb hisoblamoqda.
Sanksiyalar joriy etilishi «Shimoliy Koreyaning noqonuniy ommaviy qirg‘in qurollari va ballistik raketa dasturlarini moliyalashtirishga yordam beradigan hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy urushini qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlarni fosh qiladi», deyiladi AQSh tashqi siyosat idorasi bayonotida.
O‘z navbatida, AQSh moliya vazirligi «jang maydonidagi yo‘qotishlar ortib borayotgani va xalqaro yakkalanishning chuqurlashishi sharoitida Rossiya qurol sotib olish va iqtisodiy hamkorlik sohasida KXDRga tobora ko‘proq qaram bo‘lib borayotganini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
10:46 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi
10:31 / 21.11.2024