Jahon | 09:37 / 24.12.2018
18271
2 daqiqa o‘qiladi

Dubaydagi savdo markazida rekord kattalikdagi archa o‘yinchog‘i osib qo‘yildi

Foto: Twitter/The Dubai Mall

Dubaydagi The Dubai Mall savdo-ko‘ngilochar markazida dunyodagi eng katta va ehtimol eng og‘ir Yangi yil archasi o‘yinchog‘i osib qo‘yildi. Po‘stidan tozalangan apelsin ko‘rinishidagi sharning balandligi 6,6 metrni, eni 4,7 metrni tashkil qiladi, og‘irligi esa 1100 kgdan oshadi.

O‘yinchoq yana 4 ta boshqa katta o‘lchamli o‘yinchoq bilan yanvar oxirigacha odamlarni xursand qilib turadi.

Ushbu archa bezagi Ginness rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta archa o‘yinchog‘i sifatida kiritildi. Ma'lum qilinishicha, o‘yinchoqni yig‘ib, uni joyiga ilib qo‘yish uchun 15 kishidan iborat jamoa uch kun mehnat qilishiga to‘g‘ri kelgan. 

 

Mavzuga oid