Dubay özining me’moriy möjizalari bilan odamlarni hayratga solişda davom etmoqda. Şaharda Yer yuzidagi eng ingiçka osmonöpar bino — Muraba Veil barpo etiladi. U şahar qurilişi sohasidagi yutuqlari uçun Pritsker mukofotiga sazovor bölgan Ispaniyaning RCR Arquitecte studiyasi bilan hamkorlikda quriladi.

Muraba Veil osmonöpar binosining qalinligi bor-yöği 22,5 metrni taşkil etadi. Binoning balandligi 380 metrga yetadi. 73 qavatli baland inşootda 131 ta xonadon joylaşadi. Har bir kvartiraning kengligi osmonöpar binoning özi bilan bir xil böladi. Uy egalari tört tomondan panoramali manzarani tomoşa qila oladi.

Muraba Veil içida kvartiralardan taşqari spa-markaz, restoran, konferens-zal, kinoteatr, umumiy lodjiya va hatto tennis korti ham joylaşadi. Osmonöpar bino poydevoridagi böş joyni çöl uslubida bezatiş rejalaştirilgan. Bu yerda yaşovçilar toza havodan nafas olişi va sayr qilişi mumkin.

Eng ingiçka osmonöpar bino zanglamaydigan pölatdan yasalgan tör bilan öraladi — u xuddi nozik pardaga öxşaydi. Bino dizaynerlari içki hovli atrofida joylaşgan an’anaviy arab uylari tuzilişidan ilhomlangan.

“Bu faqatgina çiroyli turar joy emas. Biz BAA merosini aks ettiruvçi me’moriy san’at asarini yaratmoqçimiz”, — dedi loyiha boşqaruvçi direktori Ibrohim Al Gurair.

Muraba Veil Dubay kanali böyida, Şayx Zayd köçasida quriladi. Agar barçasi rejadagidek ketsa, loyiha 2028 yilda foydalanişga topşiriladi. Noodatiy osmonöpar binodagi kvartiralarning narxi 18 million dirhamdan (4,9 million dollar) boşlanadi.