Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyliklar misdan deyarli “oltin” olishdi
Xitoylik olimlar jamoasi misni deyarli oltinga o‘xshash yangi materialga aylantirishdi. Ushbu ixtiro noyob, qimmatbaho metallarni qo‘llashni ancha kamaytirishga imkon beradi.
Professor Sun Tszyan va uning hamkasblari misga issiq, elektr zaryadlangan argon gazi oqimini katta bosimda yo‘naltirishdi. Bunda tez harakatlanuvchi ionlashgan zarralar mis atomini portlatgan. Shundan keyin mis atomlari sovib, to‘plovchi qurilma ustiga mayda qum zarralari kabi cho‘kkan. Har bir zarra bir necha nanometr diametrga ega bo‘lgan.
Olimlarning ta'kidlashicha, mis nanozarralari oltin yoki kumushning ko‘rsatkichlariga o‘xshash ko‘rsatkichlarga erishgan.
Yangi materialni qalbaki tilla tangalar tayyorlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi, chunki uning zichligi misniki kabi saqlanib qoladi. Biroq olimlarning fikricha, yangi “oltin” boshqa sohalarda o‘z tatbig‘ini topishi mumkin.
Oltin o‘zining kimyoviy inertligi va tabiatda kam uchrashiga qaramay, bugungi kunda organik molekulalarning turli tiplarining o‘zgarishini tezlashtiruvchi ko‘plab kimyoviy katalizatorlar uchun asos sifatida qo‘llanadi. Misol uchun, oltin bugunda spirtning turli birikmalarini va unga o‘xshash moddalarni shakllantirishda qo‘llanadi.
Olimlar anchadan beri oltinni boshqa arzonroq metallar va noorganik elementlar bilan almashtirishga urinib kelishadi. Biroq kimyogarlar ham, boshqa mutaxassislar ham oksidlovchilarning ta'siriga yaxshi qarshilik ko‘rsatuvchi va shu bilan bir vaqtda reaksiyalarni tezlatuvchi oltinga o‘xshash moddani hali olishga muvaffaq bo‘lishmagan.
Mavzuga oid
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
20:56 / 29.04.2026
«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
10:35 / 20.04.2026