O‘zbekiston | 14:22 / 26.12.2018
7669
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Eron elchisi bilan nimalarni muhokama qildi?

Foto: Xalqaro Press-klub

2018 yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Eron Islom Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbatda O‘zbekiston – Eron kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

2018 yilda ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy o‘sish mamnuniyat bilan qayd etildi va 2019 yildagi qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish doirasida hamkorlik masalasiga ham e'tibor qaratilib, ushbu mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda, jumladan mintaqaviy ahamiyatga ega temir yo‘l magistralini qurishda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilingan.

Mavzuga oid