19:00 / 27.12.2018
9388
Reklama

O‘zimizning mahsulot! Marvarid jilosini beruvchi zamonaviy bo‘yoqlar

O‘zbekistonda yana bir mahsulot ishlab chiqarish mahalliylashgani, uning sifati yangi bosqichga chiqqanini qayd qilish mumkin. Italiya standartlari asosida ishlab chiqarilayotgan juda ko‘plab xildagi marvarid jilosini beruvchi zamonaviy bo‘yoqlar nomlari ham ajoyib – “Marokand”, “Afrosiyob”, “Ikat”, “Shosh”, “Ark”, “Eski shahar”, “Moxi Xosa”, “Beqasam”, “Registon” shular jumlasidandir.

25 dekabr kuni Toshkentda “ARTIFEX DE COLOR” brendiga mansub binolarning ichki va tashqi ko‘rinishi uchun dekorativ bo‘yoqlar do‘koni ish boshladi.

Odatda bunday bo‘yoqlar O‘zbekistonga xorijdan olib kelinar edi. Biroq, ko‘p hollarda mahsulotlar O‘zbekistonning iqlim sharoitiga javob bermagan. Narxlar esa qimmat, har kimning ham cho‘ntagi ko‘tarmasdi.

“ARTIFEX DE COLOR” do‘konidan o‘rin olgan bo‘yoqlar esa O‘zbekiston iqlimiga mo‘ljallangan. Ularni bemalol Italiya mahsulotlari sifati bilan taqqoslash mumkin, sifati qolishmaydi.

Uy va ofis, restoranlar ba'zan marvariddek tovlanib, ko‘zni qamashtiradi. Bu esa shunchaki oddiy gulqog‘oz yoki biz bilgan bo‘yoqlar emas. Aksincha, bu marvarid jilosini beruvchi maxsus bo‘yoqlar va bunday bo‘yoqlar endi o‘zimizda ham ishlab chiqarilmoqda. Juda ko‘plab rangdagi bunday bo‘yoqlarni endi Toshkent shahridan ham topish mumkin.

O‘zbekistonda so‘ngi yillarda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, qimmatbaho import mahsulotlari o‘rniga, o‘zimizda sifatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish talabi qo‘yilmoqda. Bu talabga esa “ARTIFEX DE COLOR”chilar birinchilardan bo‘lib labbay deb chiqdi. Chunki, bugungi kunda mamlakatda qurilish mahsulotlari, xususan bo‘yoqlarga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ortmoqda. Qurilish, bunyodkorlik ko‘lami juda katta. Birgina Toshkent shahrining o‘zida qurilayotgan o‘nlab uylar, mehmonxona va katta inshootlarda ham “Artifex de color” mahsulotlaridan foydalanilmoqda.

Ayni damda O‘zbekiston bozorida katta talab va e'tibor qozonayotgan “ARTIFEX DE COLOR” bo‘yoqlari 2019 yildan mahsulotlarini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilishni boshlaydi. Bu esa O‘zbekistonning eksport salohiyatini yana oshirib, tashqi bozorda imkoniyatlarni kengaytiradi. Qolaversa, mamlakatga valyuta oqimi ko‘payadi.

Tashqi dizayn uchun tavsiya etiladigan bo‘yoqlar sovuqqa, muzga, namlikka, ichki intererga mo‘ljallanganlari esa issiqqa, olovga, suvga 100 foiz chidamli. Mahsulotlarga esa ko‘p yillik kafolat beriladi.

“ARTIFEX DE COLOR” nomi O‘zbekiston bozorida yangi emas, bu nomni biz avval ham eshitganmiz. Shu bois “ARTIFEX DE COLOR” do‘koni rahbari Zohid Yuldashev bilan muloqotga kirishdik.

— “ARTIFEX DE COLOR” brendi ostidagi ilk do‘kon qachondan o‘z faoliyatini boshlagan?

–      “ARTIFEX DE COLOR” brendidagi ilk do‘kon 2017 yilda tashkil topgan. Asosiy maqsadi aholiga binolarning ichki va tashqi ko‘rinishi uchun foydalaniladigan dekorativ bo‘yoqlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Hozirgi kunda o‘zining 3ta filialiga ega. Bittasi Toshkent shahrida, shuningdek Namangan va Buxoro viloyatlarida ham faoliyat yuritayapmiz. Do‘konlar tarmog‘imizda umumiy hisobda 100 dan ortiq xodimlar ishlamoqdalar.

— Siz taqdim etayotgan mahsulotlar odatiy bo‘yoqlardan farq qiladi. Undan foydalanish shartlari ham boshqacha bo‘lsa kerak. Maxsus mutaxassislar talab qilinadimi?

—     Ko‘pchilikni shu savol qiziqtirishi tabiiy. Sababi qurilish uchun mo‘ljallangan har qanday mahsulotlardan ham o‘z ustalari bo‘lmagan holatda foydalanib bo‘lmaydi. Biroq “ARTIFEX DE COLOR”dagi bo‘yoqlar tamomila boshqacha. Undan shu sohada tajribaga ega bo‘lgan har qanday mutaxassis bemalol foydalanishi va istalganidek dizayn yaratishi mumkin.

“ARTIFEX DE COLOR” ma'muriyati daromadni emas, balki sifat, odamlar mehri va ishonchi, qolaversa, o‘zbekona qadriyatlarni maqsad qilib yo‘lga chiqqan. Shu bois mahsulotlarning nomi ham o‘zbek tilida va bu nomlar hali dunyo bozorida jarang sochadi. Xo‘sh, Sizga qay biridan: “Registon”mi yo “Beqasam”danmi?

Siz esa bunday bo‘yoqlarni “ARTIFEX DE COLOR” do‘konidan topishingiz mumkin. Tashrif buyuring, tanlang va uyingizni saroy marvaridlari bilan bezang.

Marvarid jilosini beruvchi ichki va tashqi interer uchun mo‘ljallangan bo‘yoqlar nafaqat jilokor ko‘rinadi, balki uy va bino egalarining naqadar nozik did sohibi ekanini ham isbotlaydi.

Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling:  +998(95) 197 00 90

Telegram aloqa: t.me/Decor_center_uz

Instagram: www.instagram.com/decor_center_tashkent

Facebook: www.facebook.com/DecorCenterTashkent

Manzil: Toshkent sh., Chexova ko‘chasi

Reklama huquqi asosida

Top