Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turonbank: Qashqadaryo viloyatida mijozlar bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 22 noyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, xududlarni va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklarining rolini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 450 ta yuridik va jismoniy shaxslar uchun taqdimot ko‘rinishida savodxonlik tadbiri o‘tkazildi.
“O‘z mijozingni yaxshi bil” tamoyili ostida o‘tgan tadbirda ishtirokchilarga bankning bugungi kundagi moliyaviy-iqtisodiy holati, 2019 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari bilan bir qatorda, mijozlar uchun ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmat turlari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
Turonbank o‘tgan ikki yil davomida o‘z faoliyatini kengaytirib, mijozlarga yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi, masofadan boshqariladigan jozibador xizmat turlarini yanada ko‘paytirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bankning uzoq muddatli depozitlariga jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish madaniyati va tarmoqqa bo‘lgan ishonchni yanada oshirish, bank faoliyatiga bozor mexanizmlarini joriy etish, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilishni ta'minlash maqsadida masofadan ko‘rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish, jumladan, “onlayn mikroqarz”, “onlayn konversiya”, “mobil omonat” xizmatlarining keng joriy etilgani aholiga katta qulaylik yaratdi.
Seminar-trening tarzida o‘tgan savodxonlik tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi.
Interfaol tarzda o‘tgan savodxonlik tadbiri davomida mijozlar va tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Ma'lumot uchun: mamlakatimiz mustaqilligi bilan tengdosh «Turonbank» ATBning 20 filiali va 100 dan ortiq bo‘linmalari orqali bugungi kunda yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:59 / 14.06.2026
Yoshlar bilan ochiq muloqot - kelajak sari dadil qadam!
16:00 / 23.02.2026
Qrimda yetishtirilgan o‘zbek limoni Moskvada namoyish etildi. Vladimir Putin mahsulot bilan tanishdi
15:00 / 08.11.2025
Metroda kitobxonlar uchun “Turon kitob bekati” tashkil qilindi
15:00 / 18.01.2025