Jahon | 22:57 / 08.01.2019
7571
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilning eng ommabop kompozitori e'lon qilindi 

Foto: Postimees Kultuur

Bachtrack klassik musiqa sayti 2018 yilning eng ommabop kompozitorini ma'lum qildi. Aniqlanishicha, estoniyalik kompozitor Arvo Pyartning musiqalari dunyoda eng ko‘p ijro etilar ekan.

Reyting 2018 yilda o‘tgan 33578 ta konsert va musiqiy tadbir haqidagi ma'lumotlarga asoslangan.

Ayol kompozitorlar orasida bu borada rossiyalik Sofiya Gubaydulina yetakchilik qilmoqda.

Arvo Pyart hozirda hayot bo‘lgan, klassik musiqa mualliflari orasida birinchi hisoblanadi. U tarixdagi eng mashhur kompozitorlar ro‘yxatida 46-o‘rinni egallamoqda.

Pyart yaratadigan musiqa nafaqat konsert zallarida, balki kinoda ham faol qo‘llanadi. Misol uchun, uning musiqasi mashhur rejissyorlar Andrey Zvyagintsevning “Surgun” va Gas Van Sentning “Jyerri” filmlariga saundtreklar bo‘lgan. Uning “Spiegel im Spiegel” asari mashhur “Simpsonlar” multserialida qo‘llangan.

Mavzuga oid