Jahon | 08:41 / 08.01.2019
9037
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning eng yirik uchta telekanali Trampning millatga favqulodda murojaatini namoyish etishga rozi bo‘ldi

Foto: Getty Images

AQShning eng yirik to‘rtta telekanalidan uchtasi - CBS, NBC va ABC - Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning millatga favqulodda murojaatini translyatsiya qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Mediaite xabar bermoqda.

7 yanvar kuni Tramp praym-taymda Oval kabinetdan televideniye orqali millatga murojaat qilish niyati borligini bildirdi. Uning nutqida vazirliklar ishining vaqtinchalik qisqarishiga sabab bo‘lgan budjet inqirozi haqida so‘z yuritiladi.

Shundan so‘ng New York Times jurnalisti Maykl Grinbaum ma'lum qilishicha, Amerikaning eng yirik to‘rtta telekompaniyasidan - ABC, NBC, CBS va Fox - ikkitasi AQSh yetakchisi tashabbusiga «skeptitsizm» bilan qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN Tramp mamlakatdagi «shatdaun inqirozi»ni kuchaytirayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid