16 sentabr kuni Toğ-kon sanoati va geologiya vazirining birinçi örinbosari O.Nasriddinxöjayev hamda Özbekistondagi AQŞ favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Henik foydali qazilmalar böyiça hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida muhim minerallar sohasida (CRM) özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.
2023 yil sentabrda Nyu-York şahrida bölib ötgan sammitda ikki davlat rahbari foydali qazilmalar böyiça muloqotni boşlaş niyatida ekanligini e’lon qildi. Mazkur memorandum AQŞ va Özbekistonning uşbu sa’y-harakatlarni ilgari suriş, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş yölidagi dastlabki odimlaridan biri böldi.
Kelişuvdan közlangan maqsad mamlakatlar örtasida muhim minerallar sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, boşqa yönalişlardagi aloqalarni ham rivojlantirişdan iborat. Ta’kidlanişiça, uşbu hujjat muhim minerallar sohasida AQŞ – Özbekiston muloqotining davom etişiga, geologiya qidiruv, qazib oliş va yuqori qiymatli mahsulot zanjirini yaratiş yölida muhim qadam bölib xizmat qiladi.












