AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika bilan çegarada devor quriş böyiça kelişmovçilik tufayli hukumat işining qisman töxtatilişi - «şatdaun inqirozi»ni yanada keskinlaştirmoqda, deya ta'kidlaydi CNN telekanali.

Avvalroq, Tramp Meksika bilan çegarada devorni «juda tez» quriş uçun favqulodda holat e'lon qilişi mumkinligini ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, buning uçun kongress roziligini oliş şart emas.

Biroq, bu «Tramp gambiti» - duşmanlarga notöğri pozitsiya yetkaziş va öz zaifligini yaşiriş umidida yanada köproq qarama-qarşilik keltirib çiqariş yordamida inqirozdan qoçişga urinadigan prezident uçun odatiy qadamdir, deya qayd etadi CNN.

AQŞ prezidentining bunday qadami, şuningdek, «huquqiy va qonuniy böron»ga ham olib kelib, Meksika devori qurilişi böyiça qattiq debatlar hamda migratsiya siyosatini «ijro etuvçi hokimiyat uçun konstitutsiyaviy duelga» aylantirib yuboradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp AQŞda favqulodda vaziyat tartibi kiritilişi mumkinligini aytgandi.