O‘zbekiston | 11:00 / 10.01.2019
54557
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident ichki ishlar organlari faoliyati bilan tanishmoqda. Tizimda o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy qilinayotgan yangiliklar bilan tanishmoqda.

Prezident Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limida bo‘ladi.

Kun oxirida esa Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari bo‘yicha va tizimdagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkaziladi.

Manbalarga ko‘ra, bugun tizim rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi ham mumkin.

Mavzuga oid