Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi maktab yonida 16 aprelga ötar keçasi noma’lum şaxslar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami bölmagan ekskavator yordamida ildizi bilan qöporib taşlangandi.

Boş prokuratura axborot xizmati huquqbuzarlarning şaxsi töliq aniqlanib, tegişli protsessual çora-tadbirlar amalga oşirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Sud qaroriga köra, huquqbuzarlar D.E. va A.A.  Ma’muriy Javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 183-moddasi va 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Aybdor D.E. ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 8 million 500 ming söm jarima jazosi tayinlangan. A.A.ga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 17 million söm  jarima belgilangan.

Toşkent şahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilişiça, huquqbuzarlar D.E. va A.A. dan Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarori 4-ilovasiga binoan ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uçun 27 million 880 ming söm undirib olingan.

Tag qismi bilan olib taşlangan safora tegişli soha mutaxassislari hamda tuman ekologiya bölimi mas’ullari tomonidan agrotexnik qoidalar va metodlarga asoslangan holda işlov berilib, biologik öğitlar bilan töyintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda öz örniga qayta ekilgan.