Sport | 14:40 / 17.01.2019
5830
1 daqiqa o‘qiladi

Maxfiy ma'lumotlarni oshkor qiluvchi Football Leaks asoschisi hibsga olindi

Vengriyada Football Leaks asoschisi hisoblanadigan haker qo‘lga tushdi, deb xabar beradi Sabado.

30 yoshli portugaliyalik Rui Pintu Budapeshtda hibsga olingan va tez orada vataniga ekstraditsiya qilinadi.

U «Benfika» klubiga tegishli bo‘lgan elektron hujjatlarni o‘g‘rilaganlikda gumonlanmoqda. Agar sud uni aybdor deb topsa, 10 yilga qamalishi mumkin.

Pintu Football Leaks asoschisi hisoblanadi. U 2015 yildan beri Budapeshtdagi shtab-kvartirasida xufyona ishlab, futbol klublarining ma'lumotlar bazasi va elektron pochtasini buzish bilan shug‘ullanib kelayotgan edi.