Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karlos Gon Renault rahbari lavozimini tark etdi
Fransiya iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno Le Merning Bloomberg Television’ga bergan intervyusida xabar berishicha, Yaponiyada hibsga olingan Karlos Gon Renault - Nissan - Mitsubishi avtomobil alyansi rahbari lavozimidan ketdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Gon 23 yanvar kuni kechqurun o‘z lavozimini tark etgan.
Qayd etilishicha, bugun, 24 yanvar kuni soat 9.00da (Toshkent vaqti bilan 13.00) yig‘ilish bo‘lib o‘tadi, unda Michelin rahbari Jan-Dominik Senarni uni lavozimiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karlos Gon noqonuniy yo‘l bilan 8 mln yevro olishda ayblangandi.
Mavzuga oid
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
00:05 / 09.06.2025
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
23:35 / 15.11.2024