Iqtisodiyot | 16:16 / 24.01.2019
14179
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonning eksport bo‘yicha asosiy sheriklari ma'lum qilindi. O‘zbekiston uchinchi o‘rinda

Foto: Shutterstock

2018 yilda Tojikistonning tovarlarni eksport qilish bo‘yicha asosiy sheriklari Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va Afg‘oniston bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Avesta.

Mamlakat Statistika bo‘yicha agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston eksport umumiy hajmida 27,9 foizlik ulushga ega.

Turkiya bilan ushbu ko‘rsatkich 25,8%dir. Bu mamlakatlarga asosan rangli metallurgiya mahsuloti - birlamchi alyuminiy, shuningdek, paxta tolasi eksport qilinadi.

O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida Qozog‘istonga tovarlar eksporti hajmi 300 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan muddat davomida import hajmi 536,5 million dollarga teng bo‘ldi.

Hisobot davrida Turkiya bilan tovar aylanmasi hajmi 401,4 million dollardan ziyodni tashkil etgan. Bundan 276,5 million dollardan ziyodi tovarlar eksporti va 124,9 million dollardan ortiqrog‘i turli mahsulotlar importi hissasiga to‘g‘ri keldi.

Turkiya bilan savdo operatsiyalarida eksportning importdan sezilarli darajada oshishi kuzatildi - 151,6 million dollar.

Xorijga eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar ro‘yxati quyidagilardan iborat: birlamchi alyuminiy, paxta tolasi, qimmatbaho metallar va quritilgan mevalar.

Tojikistonga tovarlar importi Rossiyadan - import umumiy hajmidan 30,7%, Qozog‘iston - 17% va Xitoydan amalga oshirilgan - 18,9%.

2018 yil yanvar-dekabr oylarida tovarlar eksporti hajmi 1 mlrd 73 mln dollarni, import esa 3 mlrd 149,6 mln dollarni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 33,8 mlrd dollarni tashkil qilgandi.

Mavzuga oid