Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 33,8 mlrd dollarni tashkil qildi
Foto: Getty Images
2018 yil yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 33 815,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,3%ga o‘sdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSh dollarga (o‘sish sur'ati 13,6%) va import hajmi 19 557,4 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 39,6%) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 5 299,5 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda hukumat tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishni, eksportni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o‘zgarishga erishilgan.
Shu bilan birga ta'kidlab o‘tish kerakki, 2018 yilning dekabr oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, noyabr oyiga nisbatan 1 930,0 mln. AQSh dollarga ko‘proq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa noyabr oyiga nisbatan 392,5 mln. AQSh dollariga ko‘proqdir.
Mavzuga oid
15:05 / 16.03.2026
Yanvarda kichik biznes hissasiga 6 trln so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri keldi
14:44 / 16.03.2026
MChJ O‘zbekistondagi eng ommalashgan biznes shakli bo‘lib qolmoqda
12:41 / 16.03.2026
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
15:31 / 14.03.2026