Jahon | 12:00 / 29.01.2019
7267
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp Kongressga murojaat bilan chiqadi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp 5 fevral kuni Kongressga yillik murojaat bilan chiqadi. Bu haqda Oq uy sayti Donald Tramp javobini ilova qilib xabar qoldirgan.

Bir muddat avval Kongress Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi AQSh prezidenti murojaatini shatdaun sababli qabul qila olmasligini aytgan va keyinroq murojaat sanasi taklifi kiritilgan xat yo‘llagandi.

AQSh prezidenti yillik murojaatida mamlakatdagi holat bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etadi va kelajakdagi qonun loyihalari tashabbuslarini ochiqlaydi. Odatda AQSh prezidenti Kongressga yanvar oyida murojaat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan shatdaun amerika iqtisodiyotiga 6 mlrd. dollarga tushdi. Oq uy rahbarining reytingi esa rekord darajada 34 foizga tushib ketdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid