General-leytenant Abdusalom Azizov AQShning CENTCOM qo‘mondonligi bilan uchrashdi
26 yanvar kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya mamlakat maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari ishtirokida AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da o‘tkazilgan “Janubiy zarba” hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni kuzatish hamda CENTCOM qo‘mondonligi bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun AQShga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketgan edi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, tashrif davomida 29-30 yanvar kunlari Abdusalom Azizov AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbariyati bilan Florida shtatidagi Tampa shahrida uchrashdi. Suhbat davomida ikki mamlakat Markaziy Osiyo va dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, harbiy kadrlarni tayyorlash, hamkorlikdagi mashg‘ulot va treninglarni o‘tkazish, shuningdek istiqboldagi harbiy hamkorlikning boshqa aktual masalalarini muhokama qilishdi.
O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi CENTCOM qo‘mondonligiga tashrifi chog‘ida Strategik tahlil hamkorlikdagi guruh hamda Koalitsiyaviy muvofiqlashtiruv markazining funksiyalari bilan tanishdi.
O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi AQShga rasmiy tashrifini tugatib, O‘zbekistonga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
19:29 / 20.12.2024
Reuters: Bayden administratsiyasi Ukrainaga oxirgi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda
13:43 / 20.12.2024
O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha AQSh bilan muzokaralari rasman yakunlandi
22:32 / 18.12.2024