Sönggi 50 yilda afğonlarday qiynalgan xalq bölmasa kerak. Bu muddatda ularning uyida bir kun ham tinçlik bölmadi. Avvaliga sovet armiyasi bostirib kirib, 10 yil jang qildi. Keyin toliblar paydo böldi va fuqarolar uruşi boşlandi. 2001 yilda Afğonistonga AQŞ harbiylari kiritildi. Amerikaliklar toliblarga qarşi 20 yil jang qildi va oxir-oqibat ular ham Afğonistonni tark etdi.

Afğoniston tarixiga qaralsa, bu yurt tarixda köplab sarkardalar tomonidan egallangan, imperiyalar tarkibiga kirgan.

Jumladan, Ğaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmşohlar, Çingiziylar, Temuriylar davlatlarining bir qismi bölgan. Afğonistonga bir muddat Şayboniylar ham egalik qilgan.

Şuningdek, öz yurtiga siğmagan Bobur 1504 yilda Afğonistonni egallab, uni 20 yil boşqaradi. Söng Hindistonni egallaydi. Öşanda afğon qabilalari Boburga hind yurtini zabt etişda yordamlaşadi.

Boburiylardan söng afğonlar yurtini Safaviylar davlati egallaydi va bir neça asr hukmronlik qiladi. Öz davrida yuqorida nomlari keltirilgan imperiyalar afğonlarni qiyinçilik bilan böysundirgan.

Masalan, möğullar qöşini hozirgi Afğoniston hududiga yetib kelganda Bomiyon vodiysida qattiq qarşilikka uçraydi. Natijada Çingizxonning nabirasi öldiriladi.

Bundan ğazablangan möğullar vodiy aholisini butunlay qirib taşlaydi va ularning örniga öz odamlarini joylaştiradi. Bugun Afğonistonda yaşovçi hazora millati öşa möğullarning avlodlari hisoblanadi.

Şuningdek, bir paytlar Amir Temur ham afğonlarni böysundirişda qiyinçiliklarga duç kelgan. Rivoyatlarga köra, afğonlar bir neça marta Amir Temur qoldirgan qömondonni öldirişgan, qöşinni qirib taşlaşgan.

Afğonlarning bosqinçilarga qarşi kuraşi mintaqaga Britaniya harbiylari kirib kelganidan söng yanada avj oladi. Afğonlar “ğayridinlar” qöl ostida yaşaşni istamaydi va inglizlar bosqiniga munosib qarşilik körsatadi.

Keyinçalik, 20- va 21-asrlarda afğonlar yana ikkita yirik davlat, SSSR va AQŞ bosqinida ham mardona himoyalanadi.

Afğon davlatining taşkil topişi

18-asr boşlarida hozirgi Afğoniston tarkibiga kirgan hududlar Safaviylar davlati va Buxoro xonligi tarkibida edi. Safaviylar davlati zaiflaşgaç Qandahor va Hirot mustaqil böladi.