Jahon | 16:46 / 03.02.2019
12759
2 daqiqa o‘qiladi

Rep-ijrochisi Detsl vafot etdi

Foto: Maksim Grigorev/TASS

Muxlislar orasida Detsl taxallusi bilan tanilgan rossiyalik rep-ijrochisi Kirill Tolmatskiy 35 yoshida yuragi to‘xtashidan vafot etdi. Bu haqda qo‘shiqchining VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma'lum qilingan.

«Do‘stlar, afsuski bu tunda qo‘rqinchli voqea sodir bo‘ldi: Kirill endi oramizda yo‘q», deyilgan xabarda.

Qo‘shiqchining vafotini uning otasi va prodyuseri Aleksandr Tolmatskiy ham tasdiqlagan.

Kirill Tolmatskiy 1983 yilning 22 iyulida Moskvada tug‘ilgan. Uning debyut albomi «Kto? ty» nomi bilan 2000 yilda chiqqan va Rossiyada eng ko‘p sotilgan albomlardan biriga aylangandi (bir milliondan ortiq nusxada). Artist keyinroq yana 9ta studiya albomi chiqardi, u faoliyati davomida Muz-TV, «MTV Music Awards», «Zolotoy grammofon» va boshqa mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Keyingi yillarda u Le Truk taxallusi bilan ham ijod qilib kelayotgandi.