Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pora evaziga tanishini qutqarib qolmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 1 fevral kuni Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani IIB xodimi viloyat IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Bordon qishlog‘ida yashovchi G.R. ismli ayol shu yilning 1 fevral kuni tuman hududida ushlangan vaqtida uning Qo‘qon shahrida yashovchi D.I. ismli ayol tanishi ishni ijobiy hal qilib berishni so‘rab, evaziga 200 AQSh dollarini pora sifatida taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.
Ushbu bildirgi yuzasidan Bog‘dod tumani ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida D.I. xodimga xizmat xonasida ma'lum miqdordagi pulni pora sifatida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
22:32 / 23.12.2025