Sport | 16:04 / 04.02.2019
20762
1 daqiqa o‘qiladi

To‘rt karra olimpiya chempioni vafot etdi

Foto: AFP

Tramplindan chang‘ida sakrash bo‘yicha to‘rt karra olimpiya chempioni finlyandiyalik Matti Nyukyanen vafot etdi.

Iltalehti ma'lumotiga ko‘ra, u 1984 yilgi Olimpiya o‘yinlarida 90 metrlik tramplinda oltin medalni qo‘lga kiritgan hamda 1988 yilgi Olimpiadada (70 m, 90 m va jamoaviy musobaqalarda) uch marta tengsiz deb topilgan. Bundan tashqari, Finlyandiya vakili to‘rt karra jahon chempioni (1982, 1985, 1987, 1989) va «To‘rt tramplin turne»sining ikki marotaba g‘olibi (1983, 1988) hisoblanadi.

Jahondagi ko‘plab davlatlarning tramplindan chang‘ida sakrash federatsiyalari sportchi vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor etishgan.

«Bizning chuqur hamdardligimizni qabul qiling», - deyiladi tashkilotlarning tvitterdagi xabarida.

Mavzuga oid