«Kapitalbank» ATB bir nuqtada turib qolmay, bank xizmatlari sohasiga innovatsiyalar joriy qilishda va respublika bo‘yicha filiallarini kengaytirishda davom etmoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/3/LblJ_1Fzx29UDHYvPkqITATtvpsIsUXw.jpg)
3 fevral kuni Andijon shahrida «Kapitalbank» ATBning «Andijon» bank xizmatlari ko‘rsatish Markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun xizmat qiluvchi bu markazni ochishdan maqsad – yuqori texnologiyali bank xizmatlarini ko‘rsatish madaniyatini oshirishdan iborat. Bank xizmatlari ko‘rsatish Markazining yangi binosida turli bo‘limlar faoliyat yuritadi va ularda mijozlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Shuningdek "Kapital 24/7" o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish innovatsion hududi ham tashkil etilgan bo‘lib, mijozlar bu imkoniyatdan sutka davomida uzluksiz foydalanishlari mumkin.
![](https://storage.kun.uz/source/3/JLgPKnt5TI6iNcNkyraQmtNR5M3k_-EV.jpg)
Yangi Markazda bank xizmatlari ko‘rsatishning barcha turlari – jismoniy shaxslardan yuridik shaxslargacha hisob raqami ochish va boshqa ko‘plab bank xizmatlari soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ta'kidlash joizki, «Kapitalbank» ATBning barqarorligi “Axbor-Reyting” milliy reyting agentligi tomonidan “o‘zA+juda yuqori” deya baholangan. Bundan tashqari bank qator xalqaro reyting agentliklari tomonidan ijobiy bahoga loyiq ko‘rilgan. Xususan Moody's agentligi tomonidan - B3, barqaror prognoz qo‘yilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/3/G5J51N99sY9O-vfb8sgJEf_6wgibY_yA.jpg)
Bular shundan dalolat beradiki «Kapitalbank» bir nuqtada turib qolmayapti va o‘z xizmatlari doirasini muntazam kengaytirib borish bilan birga sifat darajasini ham yuqori darajada saqlab turibdi.
Reklama huquqi asosida