Özbekistondagi eng yirik xususiy bank özining 3000 dan ortiq bank xodimlarini öqitiş imkonini beruvçi öquv markazini işga tuşirganini e’lon qildi. Öquv dasturi bank xodimlarining ehtiyojlari va iş xususiyatlarini hisobga olgan holda işlab çiqilgan. Kurslar kadrlar tayyorlaş va malakasini oşirişda muvaffaqiyatli tajribaga ega bölgan öquv bölimi trenerlari tomonidan ötiladi. Treninglarda xohlovçi istalgan bank xodimi qatnaşişi mumkin.

— Xodimlarimizning malakasini oşiriş nafaqat ularning kasbiy ösişiga qöyilgan sarmoya, balki butun bankimiz muvaffaqiyati va farovonligiga qöşilgan hissadir. 23 yillik faoliyati davomida “Kapitalbank” bugungi kunda mamlakat moliya tizimini rivojlantirayotgan köplab mutaxassislarni yetiştirdi, – deydi Kadrlar siyosati va kadrlar bilan işlaş departamenti direktori, bank boşqaruvi a’zosi Oksana Lindina.

- Xodimlar malakasini oşiriş körsatilayotgan xizmatlar sifati va mijozlar talablarining qoniqiş darajasini belgilovçi asosiy omillardan biri hisoblanadi, — deydi “Kapitalbank” boşqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. —Işonçimiz komilki, kadrlar malakasini oşirişga sarmoya kiritiş Kapitalbankning bozordagi örnini mustahkamlaş, raqobatbardoşlikni oşiriş va jamoada jamoaviy ruhni mustahkamlaşga yordam beradi.

Treningning asosiy maqsadi xodimlarning kasbiy va şaxsiy könikmalarini rivojlantirişdir. Masalan, dasturda bank mahsulotlarini sotiş böyiça treninglar, yuridik va jismoniy şaxslarga xizmat körsatiş böyiça Kontakt markazida stajyorlar uçun darslar, çakana savdo bölimida yoş mutaxassislar uçun öqişlar ötkaziş va boşqa köplab tadbirlar örin olgan. Kapitalbank öz xodimlarini “yumşoq könikmalar” deb atalmiş: özgarişlarni boşqariş, mentorlik, delegatsiya, xodimlarni rağbatlantiriş va boşqa yumşoq könikmalarga öqitişga ham katta e’tibor qaratmoqda.

Treningda hududlardagi xodimlar uçun qulay bölgan şaklda, oflayn yoki onlayn rejimida öqiş mumkin. Kapitalbank akademiyasi işbilarmonlik öyinlari, uçraşuvlar va seminarlar ötkaziş uçun siğimi 55 kişigaça bölgan konferensiya zali, şuningdek, umumiy siğimi 120 nafar tinglovçiga yetadigan öquv sinflarini taklif etadi. Maşğulotlar özbek va rus tillarida olib boriladi.