Kapitalbank “PLUS Galaxy Award” tanlovida “Kichik biznes uchun eng yaxshi bank” deb topildi
Kapitalbank “PLUS Galaxy Award” tanlovining “Kichik biznes uchun eng yaxshi xizmat” nominatsiyasida g‘olib chiqdi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 12 iyun kuni “Digital Uzbekistan” PLUS-forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’ati moliya injiniring, bank xizmatlari va chakana savdo sohasidagi yutuqlar uchun mukofotlarni topshirdi.
— Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Biz tadbirkorlar uchun mahsulot va xizmatlarni takomillashtirishda davom etamiz, shundagina har bir biznes mijozimiz qulay va foydali moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, — deydi Kapitalbankning Kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Andrey Shennikov. — Muvaffaqiyatlarimiz “Digital Uzbekistan” xalqaro forumi ekspertlari tomonidan yuqori baholangani uchun xursandmiz.
Tanlovda moliyaviy xizmatlar bozorida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishayotgan moliyaviy tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish kompaniyalari ishtirok etishdi.
Joriy yil boshidan buyon Kapitalbank “Makon Marketing Forum 2024” tomonidan “O‘zbekistonda 2023 yilda moliya sohasida innovatsion mahsulotlar yaratishda erishgan yutuqlari uchun” mukofoti hamda “International Finance Awards” tomonidan “O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi chakana banki” va “O‘zbekistondagi 2023 yildagi eng innovatsion xususiy banki” unvonlari bilan taqdirlangan.
PLUS Forumi haqida
“Digital Uzbekistan” PLUS-forumi davlat organlari, banklar va chakana savdo kompaniyalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlanadi. Forumning maqsadi O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga qo‘shimcha turtki berish, bank-moliya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek yangi loyihalarni ishlab chiqishdan iborat.
Reklama
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
17:00 / 19.11.2024
Kapitalbank bilan biznes: tadbirkor ayollarning muvaffaqiyatlari tarixi
17:00 / 05.11.2024
Kapitalbank bilan biznes: O‘zbekiston tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari tarixi
17:00 / 24.10.2024
Kapitalbank Raiffeisenbank International AG mukofotiga sazovor bo‘ldi
17:00 / 23.10.2024