O‘zbekiston | 14:22 / 13.02.2019
21507
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

​UMS abonentlari umumiy hisobda 1 mlrd so‘m yutib olishdi

12 fevral kuni Toshkentdagi «Compass» SKM da «UMS dan milliard aksiyasi g‘oliblarini aniqlash rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: ​UMS

Ko‘ngilochar shou tarzida o‘tkazilgan tadbir savdo kompleksining yuzlab mehmonlari e'tiborini tortdi. Ular o‘yin jarayonining bevosita ishtirokchisiga aylanishdi, shuningdek, «Ko‘k choy» musiqiy guruhining chiqishlaridan bahramand bo‘lishdi. Aynan tashrif buyurganlar 10 million so‘mdan 300 million so‘mgacha bo‘lgan 23 ta pul sovrinini qo‘lga kiritgan baxtli insonlarni aniqlab berishdi.

UMS g‘oliblarni bunday tarzda aniqlash uslubini qo‘llagani bejizdanmas. Mobil operator faoliyatining ilk kunlaridanoq pul va boshqa sovrinlarga ega turli xil aksiyalarni o‘tkazib kelish orqali katta tajriba to‘plagan. «UMS dan milliard!» aksiyasi nafaqat sovrin jamg‘armasi, balki ishtirokchilar soni jihatdan ham o‘zgacha bo‘ldi. G‘oliblarni aniqlash marosimi poytaxtdagi savdo-ko‘ngilochar komplekslaridan birida o‘tkazilishi o‘yin ochiq va shaffof o‘tishiga xizmat qildi. Bundan tashqari, marosim jarayonini Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi minglab foydalanuvchilar onlayn tarzda ko‘rishdi.

Foto: ​UMS

«UMS dan milliard!» aksiyasi shartlari ham juda oddiy bo‘ldi. Unda nafaqat amaldagi, balki yangi abonentlar ham ishtirok eta olishdi. Hususan, yangi abonentlar aksiya o‘tishi jarayonida oyiga kamida 33 ming so‘m abonent to‘loviga ega tarif rejalaridan biriga ulanishlari kerak edi. Shunda ular avtomatik tarzda bitta imkoniyatni qo‘lga kiritishlari mumkin edi. Imkoniyatlarni ko‘paytirish uchun 40 000 so‘mga «2019 MB» yoki «2019 daqiqa» maxsus to‘plamlarini faollashtirish kerak edi. Har bir yoqilgan to‘plam imkoniyatlarni bittaga ko‘paytirar edi. Kompaniyaning amaldagi abonentlari ham ushbu to‘plamlarni xarid qilgan holda sovrinlarni yutib olish uchun imkoniyatlar to‘play olishdi.

Aksiya yakunlari bo‘yicha har bir imkoniyatga noyob ID-kodlar belgilandi, va aynan ushbu kodlar orqali g‘oliblar aniqlandi. Shunday ekan, kamida ikkita imkoniyatga ega abonent bir vaqtning o‘zida bir necha sovrinni qo‘lga kiritishi ham mumkin edi.

Foto: ​UMS

Yana bir e'tiborli holat. «UMS dan milliard!» aksiyasi doirasida 100 ta «Silver» toifasidagi chiroyli raqamlarni bepul ulash huquqi o‘ynaldi. U ikki bosqichda – 9-yanvar va 8-fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. Shunday qilib, aksiya ishtirokchilari nafaqat pul sovrinlariga, balki UMS chiroyli raqamlariga ham da'vogarlik qilishdi. Hozirda kompaniya vakillari ular bilan bog‘lanishmoqda va raqamlarni ulash uchun taklif qilishmoqda.

UMS aksiyasi g‘oliblari pul sovrinlarini kerakli hujjatlarni rasmiylashtirgandan keyin olishlari mumkin bo‘ladi. Ular abonentlarning bank hisob raqamlariga naqdsiz pul ko‘rinishida o‘tkazib beriladi.

Foto: ​UMS

Shu tarzda mo‘jizalarga va kutilmagan holatlarga boy UMS aksiyasi o‘z nihoyasiga yetdi. 2019 yil davomida va kelgusida mobil operator abonentlarni turli xil tanlov, aksiya va o‘yinlar bilan xushnud etishda davom etadi. Mazkur yilda UMS tomonidan yangi texnik va raqamli yechimlar taqdim etilishi ham abonentlar uchun yoqimli yangilik bo‘ladi. Aloqa va Internetni rivojlantirish bo‘yicha mobil operator oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar amalga oshirilishi natijasida raqamli xizmatlar aholi uchun yanada yaqinroq bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid