Jahon | 20:01 / 20.02.2019
8484
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar 300 mingta yangi galaktikani ochishdi

Foto: Skrinshot

Niderlandiyalik mutaxassislar 300 mingta yangi galaktikani ochishdi. Bu haqda Niderlandiyaning radioastronomiya instituti ASTRON ma'lum qildi. 

Bundan avvalroq yangi qurilma – past chastotali radiointerferometr ishga tushirilgandi. U 50 ta kuzatuv stansiyasida joylashgan 20 mingta antenna yordamida Shimoliy yarimshar osmonining chorak qismini ko‘zdan kechirib chiqqan.

Mutaxassislar radiointerferometrdan olingan ma'lumotlarning 2 foizga yaqinini tahlil qilib, avval noma'lum bo‘lgan taxminan 300 mingta galaktikani aniqlashgan. Yangi uskuna yordamida yana qancha kosmik obektni topish mumkinligini hattoki prognoz qilish qiyin.

Radiointerferometr, shuningdek, qora tuynuklar atrofini va galaktikalararo magnit maydonlarni o‘rganish imkonini beradi. 

Mavzuga oid