O‘zbekiston | 21:14 / 20.02.2019
23182
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hukumati Pepsi Uzbekistan'dagi ulushini sotadi

Foto: Pepsi

O‘zbekiston hukumati Pepsi markasini boshqarayotgan International Beverages Tashkent'dagi davlat ulushini sotishga qaror qildi, deb yozmoqda Spot.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hukumat Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatida qo‘shma korxonaning 24 foiz aksiyalariga, 76 foiziga esa Holten Group Corp. kompaniyasi egalik qiladi. 

International Beverages Tashkent QK MChJ O‘zbekiston bozorida Zip, 7up, Adrenaline Rush, Lipton va Miranda markalari ostidagi mahsulotlarni ham ishlab chiqaradi. Sebur ichimliklari bazasida tashkil etilgan zavod 2011 yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda. Tez orada birjada aksiyalar narxi ma'lum qilinib, sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, hukumat avvalroq Coca-Cola'dagi davlat ulushini ham sotishga qaror qilgandi. O‘tgan yili Moliya vazirligida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki, The Coca-Cola Company (AQSh) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilgandi. YeTTB strategik investor jalb etish masalasi hal etilgach, kelishuvni rasmiylashtirishga ko‘mak beradi. ​

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid