Jahon | 17:18 / 22.02.2019
11437
2 daqiqa o‘qiladi

«Muvaffaqiyatsizlikka uchraydi»: OAV Eronga qarshi AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish haqida

Foto: Ahmad Al-Rubaye/AFP/Getty Images

Eronga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish rejasi - muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan, noto‘g‘ri o‘ylangan g‘oya. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.

Yevropa ittifoqi Eronga qarshi AQSh sanksiyalari bajarilishiga erishish uchun harakat qilib, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining Yaqin Sharqda barqarorlikka tahdidlar ortib borayotgani bo‘yicha tashvishini qo‘llab-quvvatlaydi, deb yozmoqda agentlik.

Biroq, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya shu darajada chuqurlashib ketganki, endi ular Eron bilan savdo uchun maxsus vosita yaratdi, u amalda Amerika sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, YeI yetakchilari AQSh cheklovlarini chetlab o‘tish bo‘yicha sa'y-harakatlarga erk berib, Eron rejimini AQSh 2015 yilgi yadro bitimidan chiqib ketganiga qaramay, savdo aloqalari davom etishi mumkinligiga ishontirmoqda.

«Ushbu strategiya muvaffaqiyatsizlikka uchraydi», - deb yozadi agentlik. Uning qo‘shimcha qilishicha, «Tramp ma'muriyati aldovlarga uchmaydi».

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan yili Eron yadro bitimidan chiqqach, Tehronga qarshi sanksiyalarni qayta ishga soldi.

Yevropa davlatlari sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun moliyaviy mexanizmdan voz kechishlari kerak hamda AQShni aldamasliklari lozim, deya xulosa qiladi Bloomberg.

Mavzuga oid