Sport | 03:13 / 27.02.2019
32092
4 daqiqa o‘qiladi

​Babayanning qaytishi ijtimoiy tarmoqlarni «larzaga keltirdi»

Foto: KUN.UZ

Samvel Babayanning futbolimizga qaytgani va «Lokomotiv»da ish boshlagani haqida xabar berdik. Bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Biz birovning nafsoniyatiga tegmoqchi emasmiz, shunchaki ijtimoiy tarmoqdagi vatandoshlarimiz Babayanning futbolimizga qaytganiga qanday reaksiya bildirayotganiga nazar solishni xohladik. Quyida ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli postlardan ba'zilarini keltiramiz:

* «Kayfiyat ko‘tarilib, o‘zimizni futboldagi o‘zgarishlarga suyunib turgandik. «paq» etib Babayan yana keb turibdi... «Umrbod» degani bizni futbolda bir yil ekan...».

* «Yangi kino chiqibdi. Nomi: «Babayan. Perezagruzka».

* «Samvel aka Babayan yana futbolga qaytibdi. Iya, bratanni O‘zbekiston futbol asotsiatsiyasi umrbod futboldan chetlatgan edi-ku? Obbo, shunqorlar-yey! «Sen o‘zing kimsan-u, diskvalifikatsiyang nimo‘lardi», degandek gap bo‘pti-da))».

* «Babayan qaytibdi. Bo‘ldi, futbol otmen, tarqalamiz».

* «Mayli, bizzi qishlog‘imizga svet ham, gaz ham, asfalt ham kerakmas. Bitta savolimga javob kerak xolos: nega Babayan kaytdi, nega aynan Lokoga?».

* «Ana endi turizm rivojlanib ketadi. Babayan kepti».

* «Yomon xabarlar kecha boshlanib, bugun ham davom etmoqda. «Surxon», «Dinamo», Babayan, abituriyentlarning pul to‘lashi, Shpakni magnitafoni, potsigar, zamsh kurtka».

* «Mazza-yu shunaqa ajiotaj, jang, intriga bo‘lsa o‘zbek futbolida. Xursand bo‘lish kerak faqat. 14 jamoa, Liga kubogi, Babayan kirib kelayotgan 2019 yilda o‘zbek futboli ikki qadam oldinga, bir orqaga tashlaganini ko‘rsatib berdi. Anchadan beri chempionatni bunaka qiziqib kutmagan edim».

* « Babayan muborak, temiryo‘lchilar))».

* «Yuqori divizionda 14 ta klub, Babayan OChLda o‘ynaydigan jamoada – xush kelibsan, 2013 yil!».

* «Babayanning o‘zbek futboliga kaytishi, aynan «Loko»ga o‘tishi Superliganing birinchi turidagi Toshkent derbisi ahamiyatini yanada oshirib yubordi».

* «Babayan MTJni JChga olib chiqa olmagan birinchi murabbiy emas. Nimaga bunchalik nafrat?».

* «Siz esa ularning prinsipi bor deyishda davom etavering».

* «Babayan uchun xursandman, bunaqa munosabatga munosib emasdi».

* «Umuman olganda, terma jamoani JChga olib chiqolmagani uchun futboldan chetlashtirilishi xato edi. O‘sha xatoni to‘g‘rilashibdi. Babayan futbol olamida katta kuch. «Loko» aqlli ish qildi».

* «Xayrli tun. Istasangiz ham, istamasangiz ham tushingizga Babayan kiradi))».

* «Babayan yaxshi murabbiy bo‘la olmagandir, lekin u kuchli menejyer».

Babayanning qaytgani haqida so‘rovnomalar ham chiqa boshladi.

Mavzuga oid