«Andijon» futbol klubi Samvel Babayan boş murabbiy bölganini videorolik orqali e’lon qildi. U bilan tuzilgan şartnoma bandlari oşkor etilmadi.
54 yoşli mutaxassis murabbiylik faoliyatini 2014 yilda «Paxtakor» klubida boşlagan. Keyinçalik «Spartak» (Latviya), «Lokomotiv» (Toşkent), «Çançun Yatay» (Xitoy) va «Navbahor» (Namangan) klublarida işladi.
2015-2017 yillarda Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi böldi, biroq, jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritolmadi.
2018 yil yanvarda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Babayanni Toşkentning «Paxtakor» klubida işlagan vaqtida futbolçilarning şartnomalari bilan boğliq firibgarliklar tufayli futbol sohasidagi har qanday faoliyatdan umrbod çetlatdi.
Keyinçalik Babayan özining aybsiz ekanini aytib, bu çetlatiş 15 kundan keyin olib taşlanganini ma’lum qildi, bu haqda heç qayerda rasmiy ma’lumot berilmagan.
Samvel Babayanning sönggi iş joyi Toşkentning «Lokomotiv» klubi bölib qolayotgandi: 2024-2025 yillarda maslahatçi murabbiy sifatida. Jamoa 2024 yilda Superligadan tuşib ketdi, ammo 2025 yilda Pro-Liga ğolibi sifatida yana elitaga qaytdi.
Samvel Babayan 2014 yilda «Paxtakor» bilan Özbekiston çempioni bölgan. 2014 va 2015 yillarda Özbekistonning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan.








