«Real» va «Barselona» bugungi klasiko uchun qaydnomasini taqdim etdi
Bugun La Liganing 26-turi doirasida Madridda «Real»–«Barselona» uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45da start oladi.
Klublar mazkur o‘yin uchun qaydnomaga kiritgan futbolchilari ro‘yxatini e'lon qilishdi.
«ReAL»:
Darvozabonlar - Tibo Kurtua, Keylor Navas, Luka Zidan;
Himoyachilar- Serxio Ramos, Rafael Varan, Daniel Karvaxal, Marselo, Serxio Regilon, Xesus Valexo;
Yarimhimoyachilar - Luka Modrich, Kazemiru, Toni Kroos, Dani Sebalos, Isko, Federiko Valverde, Marko Asensio;
Hujumchilar - Karim Benzema, Lukas Vaskes, Garet Beyl, Vinisius Junior, Mariano Dias.
«BARSeLONA»:
Darvozabonlar – Mark-Andre ter Shtegen, Yasper Sillessen;
Himoyachilar – Nelson Semedu, Jyerar Pike, Kleman Langle, Jordi Alba, Samyuel Umtiti, Jyeyson Murilo;
Yarimhimoyachilar – Ivan Rakitich, Filippe Koutinyu, Artur Ramos, Serxio Buskets, Serxi Roberto, Karles Alenya, Arturo Vidal;
Hujumchilar – Usmon Dembele, Malkom, Luis Suares, Lionel Messi.
Eslatib o‘tamiz, La Liga jadvalini «Barselona» 57 ochko bilan boshqarib turibdi. 2-o‘rinda 50 ochkoga ega «Atletiko», 3-pog‘onada 48 ochko jamg‘argan «Real» bormoqda.
«Atletiko» ertaga 8 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmay kelayotgan «Real Sosedad» mehmoni bo‘ladi. Basklar jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi 18-turda «Santyago Bernabeu»da «Real» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0)dan boshlangan.
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
18:54 / 09.08.2024