Toshkent-Ostona-Toshkent yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi 3584-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan milliy tashuvchi "Uzautotrans Service" MChJ va Qozog‘istonning "KazAvtoTrans" korxonasi “Toshkent- Ostona-Toshkent” yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida ma'lum qildi.
Mazkur yo‘nalish masofasi 1646 km bo‘lib, yo‘lovchilar 27 soatu 30 daqiqada manziliga yetkaziladi. Yo‘l haqi 312 000 so‘m etib belgilangan. Mazkur yo‘nalishda Qozog‘iston tomonidan - VANHOOL, O‘zbekiston tomonidan esa zamonaviy YUTONG avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.
Avtobuslar Ostona shahridan Qozog‘iston vaqti bilan soat 15:00, 16:00, 17:00, 18:00 da yo‘lga chiqadi. Poytaxt Toshkent shahridan esa 12:00, 14:00, 16:00, 18:00 da jo‘nab ketadi.
10 mart kunidan e'tiboran mazkur yo‘nalishda har kuni bittadan reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. Kelgusida esa qatnovlarni kuniga 4 marotabaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Ushbu yo‘nalish bevosita Qozog‘istonning Qarag‘anda shahri orqali o‘tadi. Bu yerda ham yo‘lovchilarni tushirish va olish nazarda tutilgan. Qarag‘anda shahrigacha yo‘lkira narxi 260 000 so‘mni tashkil etadi.
Shu kunga qadar Qozog‘iston Respublikasiga Toshkent-Chimkent, Toshkent-Olmaota, Toshkent-Qizil O‘rda, Toshkent-Turkiston, Nukus-Ushkunur, Chirchiq-Ushkunur yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro avtobus qatnovlarining ortib borishi davlatlar o‘rtasida aholi qatnovini ko‘paytirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuingdek, qo‘shni davlatlarning savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga ijobiy turtki beradi.
Mavzuga oid
23:06 / 11.11.2024
Toshkentda «garmoshka» avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi jarohat oldi
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024