Jahon | 19:47 / 10.03.2019
10682
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Kanada yozgi vaqtga o‘tdi

10 mart, yakshanba kuni Qo‘shma Shtatlar yoritish uchun sarflanadigan energiyani tejash maqsadida qishki vaqtdan yozgi vaqtga o‘tdi. 

Mahalliy vaqt bilan 2:00ni (Toshkent vaqti bilan soat 12:00) ko‘rsatayotgan soat ko‘rsatkichlari 1 soat ortga qaytarildi. Endi Toshkent va Vashington o‘rtasidagi vaqt farqi avvalgi kabi 10 emas, 9 soatni tashkil etadi. AQSh qishki vaqtga o‘tgan yilning noyabrida o‘tgandi.

Vaqtni o‘zgartirish barcha shtatlar uchun majburiy hisoblanmaydi. Xususan, bu Arizona va Havayi, Puerto-Riko, Virjin orollari, Guam, Shimoliy Mariana orollari va Amerika Samoasi uchun amal qilmaydi.

AQShda yozgi vaqt ilk marta 1918 yilda mamlakatning 28-prezidenti Vudro Vilson (1856-1924) farmoyishi bilan joriy qilingan. Ammo bir yil o‘tib qonun chiqaruvchilar bu o‘zgarishga qarshi bo‘lishgan. Faqat 1966 yilga kelibgina AQShda tegishli qonun qabul qilingan. 

AQSh Kongressi qarori bilan 2007 yilda boshlab noyabrning birinchi yakshanbasidan qishki vaqt, martning birinchi yakshanbasidan boshlab esa yozgi vaqt kiradigan bo‘lgan.

Bugun shuningdek, Kanada ham yozgi vaqtga o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid